Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JSST rahbari ommaviy bayramlarni bekor qilishga chaqirdi
Gebreyyesusning aytishicha, taxminlarga ko‘ra, COVID-19 pandemiyasi 2022 yilda tugaydi.
Foto: Reuters
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adanom Gebreyyesus koronavirusning “omikron” shtammidan himoyalanish uchun odamlarni yangi yil bayramlari rejasidan voz kechishga chaqirdi.
JSST rahbari ommaviy yangi yil tadbirlarini qoldirishga chaqirarkan, buni og‘ir, lekin zarur qaror deb aytdi.
«Hayotni yo‘qotgandan ko‘ra bayramni bekor qilgan yaxshi. Barchamiz vaqtimizni do‘stlar va oilamiz bilan o‘tkazishni xohlaymiz. Barchamiz odatiy hayotga qaytishni istaymiz», — dedi Gebreyyesus.
Uning aytishicha, taxminlarga ko‘ra, COVID-19 pandemiyasi 2022 yilda tugaydi. Sayyora ahlining 70 foizi kelasi yil o‘rtalarigacha emlangan holdagina buning imkoni bo‘ladi.
Avvalroq JSSTning Rossiyadagi vakili Melita Vuynovich “omikron” “tirik vaksina” bo‘lishi va COVID-19 pandemiyasini yengishga imkon berishi mumkinligini aytgandi.
Mavzuga oid
14:51 / 22.04.2026
JSST rahbari Ziroat Mirziyoyevani bolalar saratoniga qarshi kurashda yetakchi deb atadi
13:21 / 21.04.2026
Saida Mirziyoyeva Samarqandda JSST rahbari bilan uchrashdi
08:10 / 31.03.2026
Dunyoda faqat 13 ta mamlakat havosi xavfsiz deb topildi
10:03 / 19.03.2026