MRB vakili AQSh fuqarolik urushi yoqasida ekanini aytdi
San-Diyegodagi Kaliforniya universitetining xalqaro aloqalar kafedrasi professori va Markaziy razvedka boshqarmasining maxsus ishchi guruhi a’zosi Barbara Uolter AQSh fuqarolik urushi yoqasiga kelib qolganini aytdi. Bu haqda CNN telekanali xabar berdi.
Ekspertning ta’kidlashicha, u oxirgi 30 yil ichida dunyoda yuz bergan fuqarolik urushlarini o‘rganib chiqqan va 4 yildan beri bu jihatdan AQShni o‘rganmoqda. Professorning aytishicha, AQShda ayni vaqtda fuqarolik urushi yaqinlashayotganidan darak beruvchi ikkita kuchli omil kuzatilmoqda.
Bunday alomatlardan biri anokratiya, ya’ni demokratik institutlarning zaiflashishi va ularning avtoritar elitaga bo‘ysunishidir. Fuqarolik urushining ikkinchi alomati ichki siyosiy, irqiy yoki madaniy qarama-qarshilikdan jamiyatga nifoq solishda foydalanuvchi guruhlar paydo bo‘lgani hisoblanadi.
Avvalroq amerikalik generallar 2024 yilgi prezidentlik saylovlaridan keyin AQShda fuqarolik urushi yuz berishi mumkinligini aytishgan. Ularning fikricha, AQSh qurolli kuchlariga “turli qarashlar va kelib chiqishga ega shaxslarning qabul qilinishi” va armiya ichida jamiyatdagi ixtilofni aks ettiruvchi isyon yuz berishi ehtimoldan xoli emas.
AQShda oxirgi yillarda irqiy, siyosiy va hokazo turdagi qarama-qarshiliklar tobora kuchayib bormoqda.
Mavzuga oid
15:49 / 25.11.2024
Eng kichik asteroid: u Yerga qachon va qanday qulagan?
08:10 / 25.11.2024
Aleksandr Darchiyev RFning AQShdagi yangi elchisi bo‘lishi mumkin
22:51 / 22.11.2024
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
21:25 / 22.11.2024