Jahon | 23:24 / 23.12.2021
8886
1 daqiqa o‘qiladi

Turk lirasi rekord qadrsizlanishdan keyin mustahkamlanmoqda

Foto: AFP

Turk lirasi keskin qadrsizlangandan keyin mustahkamlanmoqda. Hozirda kurs bir dollarga 10,84 lirani tashkil qilmoqda. Vaholanki, dushanba kuni, 20 dekabrda lira rekord darajada qadrsizlanib, uning kursi bir dollar uchun 18,4 liragacha tushib ketgandi. Biroq kun yakuniga kelib lira mustahkamlana boshlagan. Oxirgi marta kurs bir dollarga 10,84 lirani bir oy oldin tashkil qilgan.

Lira Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 20 dekabrda kursning o‘ynashiga qarshi yangi choralar e’lon qilgandan keyin mustahkamlana boshlagan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid