Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq sutkalik holatlar soni keskin oshdi
73ta holat xorijdan kirib kelganlarda, qolganlari mahalliy aholida aniqlangan.
Foto: Li Yibo/AP
Xitoyda o‘tgan sutkada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 164ta yangi holat aniqlandi. Bu 9 avgustdan buyon qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi, deb xabar berdi kwongwah nashri.
Bunda 73ta holat xorijdan kirib kelganlarda, qolganlari mahalliy aholida aniqlangan.
“140 kishida yuqori harorat, yo‘tal va holsizlik kuzatilgan, qolgan 24 kishida simptom kuzatilmagan”, — deyiladi xabarda.
Pandemiya boshlanganidan buyon mamlakatda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq holatlar soni 100,8 mingdan oshgan, 4 636 nafar bemor vafot etgan.
Avvalroq Xitoyning Dunsin shahri aholisi bir kishida koronavirus aniqlanganidan so‘ng karantinga olingani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
22:25 / 28.04.2026
BYD kompaniyasi foydasi elektromobillarga bo‘lgan talab pasayishi tufayli ikki baravarga kamaydi
23:23 / 27.04.2026
Xitoy Meta’ning Manus startapini sotib olish bo‘yicha 2 milliard dollarlik bitimini to‘xtatdi
08:56 / 25.04.2026
Xitoy dronlarni havoda quvvatlantirish texnologiyasini sinovdan o‘tkazdi
22:05 / 23.04.2026