Jamiyat | 14:50 / 27.12.2021
3530
2 daqiqa o‘qiladi

“Yoshlar markazi”da forum g‘oliblari taqdirlandi

Andijon viloyatida o‘tkazilgan “O‘zbekiston yoshlar forumi-2021” haftaligida 1 mln nafardan ortiq yigit-qizlar faol ishtirok etishdi. Forum doirasidagi loyiha va tadbirlarni o‘tkazishda barcha tuman va shahar mahallalari qamrab olindi.

Foto: Kun.uz

Forumning ramziy yakuni Andijon shahridagi “Yoshlar markazi”da bo‘lib o‘tdi. Unda Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Oybek Yo‘ldoshev hamda viloyat hokimligi mutasaddisi Elyorbek Xolmirzayev yoshlarni qutladilar. Tadbir davomida forum sovrindorlari va faol ishtirokchilar munosib ravishda taqdirlandi.

Aytish joizki, forum doirasida tashkil etilgan «Munozara» debat musobaqasining respublika bosqichida andijonlik yoshlar 1-o‘rinni qo‘lga kiritishdi. “Uloq- ko‘pkari” musobaqasining respublika bosqichida ham Andijon vakillariga 1-o‘rin nasib etdi. Shuningdek, “Street workout” sport musobaqasining respublika bosqichida andijonlik Zufarbek Jaloliddinov 1-o‘rin sohibi bo‘ldi.

Yana bir yutuq Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida o‘tkazilgan “Besh muhim tashabbus: imkoniyat va istiqbollar” iqtidorli yoshlar sessiyasida qo‘lga kiritildi. Unda Muhammad Yusuf ijod maktabi o‘quvchisi Mohizodabonu Turopova “Yosh tarjimonlar Kengashini tashkil etish2 loyihasi bilan ishtirok etib, 100 million so‘mlik grant egasiga aylandi.

Elmurod Ermatov,
Azizbek Ismoilov

Mavzuga oid