Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toliblar Moskvadagi elchisini tayinlashni rejalashtirmoqda
Zabihulla Mujohid elchining tayinlanish muddatini ma’lum qilmadi.
«Tolibon» harakati Moskvadagi elchisini tayinlashni mo‘ljallamoqda. Bu haqda harakatning rasmiy vakili Zabihulla Mujohid ma’lum qildi.
«Bizda amaldagi elchixonalar bo‘yicha reja mavjud, biz Moskvadagi elchimizni tayinlashni rejalashtiryapmiz, uni tayinlaymiz. Bu diplomatik qadam. Elchixona va konsulliklar diplomatik munosabatlar uchun muhim va biz bu borada hamkorlik qilamiz»,— dedi Mujohid.
U elchining tayinlanish muddatini ma’lum qilmadi.
Shuningdek, Mujohidning so‘zlariga ko‘ra, «Tolibon» Rossiyadan harakat shakllantirgan hukumatni tan olish bo‘yicha shartlarni olmagan.
Hukumatning tan olinishi ishonch va munosabatlarni rivojlantirishga imkon beradi, deya qo‘shimcha qildi u.
Mavzuga oid
10:40
YeI va Kreml o‘rtasida norasmiy aloqalar bo‘lgani xabar qilindi
08:45
G7 bayonotidan so‘ng Kiyev yana hujumga uchradi
08:29
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
22:32 / 17.06.2026