Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi qurilish maydonchasida ikkita artilleriya snaryadi topildi
Yakkasaroy tumanidagi qurilishda o‘quv mashg‘ulotlariga mo‘ljallangan o‘q-dorilar topildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda qurilayotgan obektda ikkita artilleriya snaryadi topilgani to‘g‘risidagi video tarqaldi. Toshkent shahar IIBB mazkur holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 2021 yil 27 dekabr kuni 102 raqamiga Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, 26 yoshli fuqaro Sh.T.dan xabar kelib tushgan. Uning gapiga ko‘ra, tanishi, 29 yoshli A.M. bilan birgalikda Yakkasaroy tumanida qurilayotgan obekt hududida shubhali, artilleriya aslahalariga o‘xshash zanglagan buyumlar topgan. U tezkor xizmatlarga xabar bergan.
Ko‘rsatilgan manzilga Toshkent shahar IIBB xodimlari IIVning maxsus mutaxassislari bilan birgalikda yetib borgan. Tekshiruv o‘tkazilgach, topilgan buyumlar o‘quv mashg‘ulotlari davomida foydalanishga mo‘ljallangan ikkita 115 millimetrlik o‘quv snaryadi va ikkita 82 millimetrlik o‘quv minomyoti ekani ma’lum bo‘lgan.
Mazkur holat bo‘yicha o‘rganish ishlari davom etmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
19:47 / 15.11.2025
Yakkasaroy tumanidagi xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi
15:39 / 29.06.2025
Termizga tushgan snaryadlar: Ularni kim otgani aniq bo‘ldi
19:54 / 23.05.2025
«Harbiylarning aloqasi yo‘q». Mudofaa vazirligi Xorazmda metallolomga topshirilgan snaryad bo‘yicha ma’lumot berdi
17:29 / 23.05.2025