Yangiariq tumanidagi metallom yiğiş şoxobçasida portlaş yuz bergan. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar qildi.

Hodisa 11 aprel kuni sodir bölgan. Yiğib kelingan temir-tersaklar tuşirilayotganda ular orasida bölgan snaryad portlab ketgan. Oqibatda şu yerda işlovçi 31 yoşli O.B. oğir tan jarohati olib, vafot etgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda ham bu hodisaga oid xabarlar tarqaldi. Unda aytilişiça, portlaşdan söng voqea joyiga huquq-tartibot organlari xodimlari va sapyorlar yetib borgan. Örganiş jarayonida şoxobçadan yana 30 ga yaqin snaryad topilgan.

Internetda tarqalgan videoda marhum O.B.ning onasi öğli oila boquvçisi bölganini, uning 2 farzandi yetim qolganini aytgan. Ona snaryadlarni sotgan va sotib olib şoxobçaga keltirgan şaxslarga qat’iy jazo qöllaşni söragan.

Hozirda mazkur işni harbiy prokuratura örganmoqda. Kun.uz holatga oydinlik kiritiş maqsadida Boş prokuratura matbuot xizmatiga murojaat qildi.

Xabar tahrirlandi. Uşbu xabarning birlamçi tahririda Kun.uz manbasi snaryadlar metallolom sifatida Qoraqalpoğistonning Amudaryo tumanida harbiy xizmatçilardan sotib olinganini aytgani haqida ma’lumot berilgandi. Mudofaa vazirligi buni rad etdi. Vazirlikka köra, portlagan snaryad mahalliy çöponlar tomonidan özboşimçalik bilan qazib olingan va metallolomga topşirilgan.

«Bunday holatlarda fuqarolar xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda huquqni muhofaza qiluvçi organlarga zudlik bilan xabar qilişi şart.

Uşbu voqeaga harbiy xizmatçilarning heç qanday aloqasi yöq va jinoiy javobgarlikka tortilmaganini ma’lum qilamiz. Mazkur turdagi snaryad Özbekiston Qurolli Kuçlarida mavjud emas. Ma’lumotlarga köra, bu turdagi snaryad 1970 yillarda qöllangan», — deyiladi Mudofaa vazirligi axborotida.