AQShda to‘liq o‘zi boshqariluvchi yuk mashinasi sinovdan o‘tkazildi
AQShning Arizona shtatida haydovchisiz va masofadan boshqarilmaydigan yuk mashinasi dunyoda birinchi marta umumiy yo‘llar bo‘ylab yurdi. Bu haqda transport vositasini ishlab chiqqan TuSimple kompaniyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, mashinaning sinovi 22 dekabrda tungi vaqt o‘tkazilgan. O‘zi boshqariluvchi yuk mashinasi 80 daqiqa vaqt ichida 130 km yo‘l bosib o‘tgan.
Mashina sinov vaqtida chorrahalardan muvaffaqiyatli o‘tgan, zarurat yuzaga kelganda harakatlanish polosasini o‘zgartirgan va bunda yo‘ldagi boshqa mashinalar bilan hamjihatlikda harakatlangan.
“Joriy yilda biz e’tiborimizni o‘z texnologiyamizni umumiy yo‘llarda real sharoitlarda sinchkovlik bilan tekshirishga qaratdik”, deb aytgan kompaniya prezidenti Cheng Lu.
Kompaniya yuk mashinani ishlab chiqish ustida 1,5 yil ish olib borgan.
Mavzuga oid
22:51 / 22.11.2024
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
21:25 / 22.11.2024
Rossiya ortidan AQSh ham yadro strategiyasini o‘zgartirdi
13:52 / 22.11.2024
AQSh O‘simliklar karantini agentligiga 205 ming dollarlik uskunalar topshirdi
21:00 / 21.11.2024