22:09 / 30.12.2021
4434

Shahzoda Uilyam qirollik ko‘chmas mulklarini uysizlarga berishni o‘ylamoqda

Hozirda Uilyamning otasi, Uels shahzodasi Charlz bu mulklarning egasi hisoblanadi. Otasi qirol bo‘lganidan so‘ng ular shahzoda Uilyamga o‘tadi.

Foto: Reuters

Britaniya shahzodasi Uilyam kelajakda Kornuoll gersogligidagi qirollik mulklarining bir qismini xayriya maqsadida taqdim etishni o‘ylamoqda. U binolarga uysizlarni joylashtirishni taklif qildi, deb yozadi Daily Star.

Kornuoll gersogligida qirollik taxti vorisiga tegishli obektlar joylashgan.

Hozirda Uilyamning otasi, Uels shahzodasi Charlz bu mulklarning egasi hisoblanadi. Otasi qirol bo‘lganidan so‘ng ular shahzoda Uilyamga o‘tadi.

The Daily Telegraph nashrining yozishicha, u atrofidagilardan qanday qilib obektlar yordamida qiyin ahvolga tushib qolganlarga yordam berish mumkinligini o‘rganishda yordam so‘ragan.

Gersoglik 52,6 ming gektar yerni o‘z ichiga oladi. Obektlarning aksariyati fermalardan iborat.

Mavzuga oid
Top