Jahon | 18:45 / 02.01.2022
14729
7 daqiqa o‘qiladi

2021 yilning pandemiyaga oid suratlari

Xitoyda yangi virus tarqalayotgani haqidagi xabardan ikki yil o‘tib ham dunyo SARS-CoV-2 koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashni davom ettirmoqda. Tezlik bilan vaksinalar ishlab chiqarilishi ko‘plab mamlakatlarga cheklovlarni yumshatishga yordam berdi, ammo ko‘p joylarda majburiy vaksinatsiyaga qarshi namoyishlar boshlanib ketdi.

Virus mutatsiya qilishda davom etdi, kasallanishning navbatdagi to‘lqinlari yuz berdi. 2022 yil arafasida dunyo ko‘plab mutatsiyalarga ega bo‘lgan yangi shtamm omikron bilan to‘qnashdi. Bu shtamm bo‘yicha mutaxassislar fikri turlicha: bir tomon omikronni pandemiya yakuniga yaqin qolgani belgisi deb ko‘rsa, boshqalar - kurash davom etishini aytishadi.

3 yanvar. Qo‘shma Shtatlar kasallanishlar va o‘lim holatlari soni bo‘yicha peshqadam. Fotoda: Stemfordda barcha a’zolarida COVID-19 tasdiqlangan o‘n kishilik oila Rojdestvoni karantin sharoitida nishonlamoqda. Foto: John Moore/Getty Images
24 yanvar. Hindiston shifoxonalarida o‘tkir kislorod tanqisligi yuzaga keldi. Shifokorlar bemorlarning oila a’zolaridan kislorod boshqa og‘ir ahvoldagi bemorlarga yetishi uchun qarindoshlarini uyga olib ketishni so‘rashga majbur bo‘ldi. Foto: AP/TASS
1 fevral. AQShda britan shtammiga chalinish bilan bog‘liq ilk holat Koloradoda qayd etildi. Foto: Michael Ciaglo/Getty Images
25 fevral. Isroil hukumati soat 20:30dan 5:00gacha amal qiluvchi komendantlik soati joriy etdi. Bundan maqsad koronavirus keng tarqalishiga sabab bo‘ladigan ommaviy sayrlarga yo‘l qo‘ymaslik edi. Fotoda: isroilliklar yahudiylarning Purim bayramini nishonlamoqda.
Foto: Ilia Yefimovich/picture alliance via Getty Images
26 fevral. Rassom Floriana Menertaning Shtutgart baleti artistlari ishtirokida ijtimoiy masofa saqlashga bag‘ishlangan art-proyekti.
Foto: Sebastian Gollnow/picture alliance via Getty Images
1 mart. AQShning Kolorado shtati Luisvill shahridagi keksalar uyida patsiyentlar qarindoshlari bilan quchoqlashib ko‘rishishi uchun o‘rnatilgan plastik pardadevor. Foto: AP/TASS
8 mart. COVID-19 to‘lqini Hindistonni qamrab oldi, bu mamlakat sog‘liqni saqlash tizimiga haddan tashqari yuklama tashladi va koronavirusdan o‘lim darajasi keskin oshib ketdi. Fotoda: Rajastonda qishloq aholisini emlash jarayoni. Foto: Rebecca Conway/Getty Images
14 mart. Nyu-Yorkdagi Bruklin ko‘prigida koronavirusdan vafot etganlar yuzlari proyeksiyasi. Foto: Spencer Platt/Getty Images
13 aprel. Angliyada sport zallari, go‘zallik salonlari, sartaroshxonalar, basseynlar, kutubxonalar, hayvonot bog‘lari, ko‘ngilochar maskanlar va restoranlar ochildi. Foto: EPA/Vostock-photo
15 aprel. Braziliyada qashshoq aholini xavfdan ogoh etish va infeksiya profilaktikasiga o‘rgatishga qaratilgan ma’rifiy kampaniya boshlandi. Fotoda: Petropolisdagi Kapitan Amerika qiyofasidagi harbiy politsiya zobiti. Foto: AP/TASS
21 aprel. Chilida COVID-19 yana avj oldi. Intensiv terapiya bo‘limi palatalari to‘lib ketdi, mamlakat chegaralari yana yopildi. Fotoda: dafn byurosi xodimi Santyagodagi qabristonda koronavirus qurbonlari krematsiyasidan keyin bo‘sh tobutlar bilan qaytmoqda. Foto: AP/TASS
21 iyun. Kashmirdagi cho‘ponlar uchun mo‘ljallangan vaksinalarni olib ketayotgan tibbiyot xodimi. Dar Yasin / AP / Scanpix / LETA
5 iyul. Moskvada iyun oyida COVID-19 bilan bog‘liq vaziyat yomonlashdi. Poytaxtdagi Gostinyy dvor majmuasida Rossiyadagi eng yirik emlash punkti ochildi. Bu yerda kuniga olti ming kishini emlash mumkin edi. Foto: Sefa Karacan/Anadolu Agency via Getty Images
22 iyul. Yevropaning ko‘plab davlatlarida antikovid cheklovlarga qarshi aksiyalar o‘tkazildi. Fotoda: grek politsiyasi Afinada ayrim toifadagi fuqarolar majburiy emlanishiga qarshi mitingda vodomyotlar qo‘lladi. Foto: AP/TASS
5 avgust. Braziliya maktablarida bir yarim yillik masofaviy ta’limdan keyin darslar boshlandi. Foto: AP/TASS
12 avgust. Indoneziyada dafn brigadalari tun-u kun ishlashdi. Ular nafaqat o‘z asosiy ishlarini bajarishdi, balki odamlarni koronavirusdan vafot etganlarning jasadlaridan ehtiyot bo‘lishga o‘rgatishdi. Foto: Ulet Ifansasti/Getty Images
20 avgust. Hyuston o‘t o‘chirish xizmati tibbiy xodimlari koronavirusga chalingan bemorni shifoxonaga olib ketishmoqda. Texas shtatining yirik shahrida "delta" shtammi keng tarqalgan, shu tufayli shahar shifoxonalarida tez tibbiy yordam personali katta yuklama ostida qolgandi.
Foto: John Moore/Getty Images
23 avgust. Xitoy yangi semestr uchun o‘quv muassasalarini ochishga tayyorlanmoqda. Fotoda: volontyorlar Bochjoudagi maktab stadionini dezinfeksiya qilmoqda. Foto: Zhang Yanlin/VCG via Getty Images
23 sentabr. Beshta provinsiyasida kovidga qarshi vaksinatsiya past sur’atlarda qolayotgani tufayli Tailand chegaralarini xorijiy sayyohlar uchun ochish rejasini kechiktirdi. Foto: EPA/Vostock-photo
13 oktabr. Osakadagi avtomat o‘yinlar zali vaksinatsiya punktiga aylandi. Yaponiya bosh vaziri dekabr oyida revaksinatsiya start olishini e’lon qildi, mamlakat qishda virusning navbatdagi to‘lqini yuzaga kelishidan qochishga urinmoqda. Foto: Carl Court/Getty Images
18 oktabr. Hindistonning Bangalor shahrida talabalarni koronavirusga qarshi emlash boshlandi. Foto: EPA/Vostock-photo
21 oktabr. Avstraliyaning ikkinchi yirik shahrida qat’iy karantin rejimi bekor qilindi. Melburnda 2020 yil martidan buyon turli darajada karantin joriy etib kelindi. Shahar aholisi jami to‘qqiz oy davom etgan olti lokdaunni boshdan kechirdi. Shu tariqa, Melburn qat’iy cheklov choralari uzoq vaqt amal qilishi bo‘yicha rekord o‘rnatdi. Foto: EPA/Vostock-photo
27 oktabr. Peru aholi soniga nisbatan kovid-o‘limlar bo‘yicha yetakchi. Mamlakatda o‘lim ko‘rsatkichi har 1 million kishiga 5,987 holatni tashkil qilgan. Fotoda: Titikaka ko‘li yoqasidagi Puno regioni aholisi vaksinatsiyasi uchun Pfizer/BioNTech olib ketayotganlar. Foto: AP/TASS
11 dekabr. Braziliya hukumati 5 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalarni ham Pfizer bilan emlashga ruxsat berdi, chunki mamlakatda kovid tufayli bolalar o‘limi ortgandi. Foto: AP/TASS

 

Mavzuga oid