National geographic jurnali 2023 yil davomida 165 fotograf tomonidan olingan 2 mlndan ortiq suratlarni yuklagan. Nashr shuncha tasvirlarning orasidan tanlab olingan “Yil suratlari”ni e’lon qildi. Bu top suratlar orasida O‘zbekistonda olingan tasvir ham bor.

Dengiz biologi Aleksandr Semenov suratga olgan “sher yoli” meduzasi surati. Fotograf bu meduza turini Arktika dengizlari malikasi deb ataydi. Ushbu surat meduza hayotining so‘nggi bosqichlarini muhrlagan.

Artemis dasturi doirasida odamlarni Oyga yuborishdan oldin NASA Yerda yuqori aniqlikdagi sinovlarni amalga oshirdi. Suratda Zena Kardman Oyning tortishish qonuniga mos tarzda harakatlanish uchun 80 pund (36 kg atrofida) og‘irlikdagi kostyumda ekani aks etgan.

Shimoliy qutb doirasining shimolida AQSh va fin askarlari to‘siqli yo‘llarni chang‘ida bosib o‘tish orqali qishki urushga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Qo‘riqxonada erta tongda suv ichgani chiqqan giyenalar. Surat National Geographic fotomuhandislari yasagan masofadan boshqariladigan robot yordamida fotograf Jyen Gyuton tomonidan olingan.
- videoda giyenalar robot yordamida masofadan qanday suratga olingani aks etgan holat tasvirlangan.



























