Fotojurnalistika sohasidagi eng yirik va eng nufuzli tanlov bölmiş World Press Photo talqini böyiça boş mukofotni Mariupolda işlagan ukrainalik fotograf Yevgeniy Maloletka qölga kiritdi. «Yil fotosurati» nominatsiyasida Mariupolda Rossiya armiyasi tomonidan öqqa tutilgan tuğuruqxonada olingan surat ğolib böldi. Bungaça Maloletkaning şahar uçun janglar çoğida olingan suratlari Yevropada eng yaxşilari deb tan olingandi (regionlar böyiça ğoliblar mart oyi oxirida e’lon qilingandi, bu fotolarni mazkur havolada köriş mumkin). Quyida 2022 yil uçun World Press Photo fototanlovida ğolib bölgan suratlar keltiriladi.

Yil fotosurati. Yevgeniy Maloletka

Yevgeniy Maloletka va uning The Associated Press naşridagi hamkasbi, videojurnalist Mstislav Çernov Rossiya armiyasi qamali vaqtida Mariupolda işlagan. Ular boşqa işlar qatorida rossiyalik harbiylar tomonidan öqqa tutilgan şahar tuğuruqxonasidan reportajni ham taqdim etişgandi. Aynan şu suratlardan biri World Press Photöning asosiy nominatsiyasida ğolib böldi.

Fotosuratda — zarba oqibatida yaralangan 32 yoşli Irina Kalinina aks etgan. Uning çaqaloği jonsiz tuğilgan, özi ham biroz ötib vafot etgan. Tuğuruqxonaga zarba oqibatida jami uç kişi halok bölib, 17 kişi yaralangan. Rossiya bu jinoyat uçun javobgarlikni zimmasiga olmagan.

Evgeniy Maloletka / AP

Yil fotohikoyasi. Mads Nissen

Daniyalik fotograf Mads Nissen «Yil fotohikoyasi» nominatsiyasida World Press Photo ğolibi böldi. U toliblar boşqaruvidagi Afğoniston hayotini tasvirga olgan. Uning suratlaridan birida — oilasi oçdan ölmasligi uçun buyragini 3,5 ming dollarga sotişga majbur bölgan 15 yoşli bola aks etgan. Nissenning yana bir asari — AQŞning Kobuldagi sobiq elçixonasi fotosidir, uning devorida endi «Allohdan özga iloh yöq» yozuvi tuşirilgan.

Nissen 2020 yilda, koronavirus pandemiyasi davrida San-Pauludagi keksa kişilar pansionatida olingan surati uçun World Press Photo Gran-prisini qölga kiritgandi.