O‘zbekiston | 17:12 / 02.01.2022
2183
2 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istonning 2022 yilgi budjeti va xarajatlari qancha bo‘lishi ochiqlandi

Foto: Jo‘qarg‘i Kenges

2021 yilning 30 dekabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qarg‘i Kengesining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Qoraqalpog‘istonning 2022 yilgi budjeti haqida so‘z borgan.

Sessiyada Qoraqalpog‘istonning 2022 yilgi budjeti haqida Qoraqalpog‘iston moliya vaziri Mahmud Sodiqov bayonot qilgan.

Foto: Jo‘qarg‘i Kenges

Ta’kidlanishicha, 2022 yilda Qoraqalpog‘iston budjetining daromadlari 2 trillion 356 milliard 196 million so‘m bo‘lishi rejalashtirilgan. Qoraqalpog‘iston mahalliy budjeti xarajatlari esa 2022 yilda 3 trillion 874 milliard 217,6 million so‘m miqdorida bo‘lishi kutilmoqda. Shundan ijtimoiy soha xarajatlari 2 trillion 586,8 milliard so‘mni tashkil qiladi.

Qo‘shimcha qilishicha, Qoraqalpog‘istonning mahalliy budjet parametrlarida yana bir o‘zgarish bo‘ladi. 2022 yilning 1-yanvar kunidan boshlab, shahar va tuman budjetlarining tasdiqlangan umumiy xarajatlarining 5 foizi jamoatchilik fikri asosida yaratilgan loyihalarni moliyalash uchun yo‘naltiriladi. Natijada 2022 yil «Ochiq budjet» axborot portali orqali 98,7 milliard so‘m yo‘naltirilishi belgilangan.

Foto: Jo‘qarg‘i Kenges

Bundan oldin Vazirlar Kengashi raisi Qahramon Sariyev Qoraqalpog‘istonda 2022 yilda 509,4 mlrd so‘mlik qurilish ta’mirlash ishlari olib borilishini aytgandi.

Mavzuga oid