O‘zbekiston | 09:14 / 25.12.2021
945
2 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istonda 2022 yilda 509,4 mlrd so‘mlik qurilish ta’mirlash ishlari olib boriladi

Foto: Kun.uz

Jo‘qari Kengesning 24-sessiyasida Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi Qahramon Sariyev 2022 yilda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan ma’lumot berdi

Ta’kidlanishicha, 2022 yilda Qoraqalpog‘istonda munosib uy-joy va yashash sharoitlarini yaratish, barcha tumanlarda ichimlik suvi va yo‘llarning holatini yaxshilashga 89 ta ijtimoiy va infratuzilma obektlarida 509,4 mlrd so‘mlik qurilish ta’mirlash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan. Ushbu mablag‘lar Markazlashgan mablag‘lar hisobidan yo‘naltirilishi belgilangan.

Foto: Kun.uz

Xususan, 2022 yilda:

  • Aholini uy-joy bilan ta’minlash maqsadida 2022 yilda 2 ming 80 ta xonadonli 81 ta uy-joylarni qurish rejalashtirilgan.
  • Orol bo‘yi hududida ekologik vaziyatni yumshatish, yashil hududlarni ko‘paytirish uchun 1 mln 300 ming gektar maydonda yangi muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tashkil etiladi.
  • Orolbo‘yi hududida ekologik barqarorlikni ta’minlash, atrof-muhit monitoringi tizimini takomillashtirish va bioxilma-xillikni asrashga qaratilgan umumiy qiymati 9,6 mln AQSh dollariga teng 9 ta grant loyihasi amalga oshiriladi. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida har yili 14 mln dona ko‘chat ekish ishlari tashkil etiladi.
  • Nukus shahri va tumanlarda jami 158 gektar maydonda “yashil maydon” hamda 112,8 gektar maydonda yangidan “yashil jamoat parklari” barpo etiladi.

Bundan oldin Qahramon Sariyev Nukusda yangi quriladigan kasalxona Sog‘liqni saqlash vazirligiga beg‘araz berilishi haqida aytib o‘tgandi.

Mavzuga oid