O‘zbekiston | 13:55 / 07.01.2022
4423
2 daqiqa o‘qiladi

Furqat tumanida bosqinchilar qo‘lga olindi

Foto: Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati

Ayol va uning voyaga yetmagan qiziga oshxona pichog‘i bilan hujum qilib uyidagi tilla taqinchoqlarni o‘g‘irlab ketgan jinoiy guruh qo‘lga olindi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Furqat tumanida 5 yanvar kuni soat 21:30 larda R.S., S.S va I.B. ismli shaxslar niqoblangan holda pichoq va skotch bilan qurollanib “Istiqlol” MFYda yashovchi X.M. (ayol)ning yashash xonadoniga g‘ayriqonuniy ravishda kirishadi.

Ayol va uning voyaga yetmagan qiziga oshxona pichog‘i bilan hujum qilib, tanasining turli joylariga qo‘llari bilan urib, qo‘l, oyoq va og‘iz sohalarini skotchlab, X.M.ning 3 000 000 so‘mlik bir juft tilla-taqinchoqlarini talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashirinayotgan vaqtida, tuman IIB xodimlari tomonidan daliliy ashyolar bilan qo‘lga olingan.

Foto: Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati

Mazkur holat yuzasidan Furqat tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan R.S., S.S. va B.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi “v” bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.

Avvalroq Beshariq tumanida klinikaga tegishli do‘konga o‘g‘rilikka tushgan shaxs rasta tortmasida bo‘lgan 300 AQSh dollari va 1 100 000 so‘m pullarini o‘g‘rilab ketgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga oid