Jamiyat | 16:17 / 07.01.2022
1955
2 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda 60 yoshli og‘ufurush ushlandi

Foto: Tergov departamenti

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida 60 yoshli fuqaro giyohvand modda sotayotganda qo‘lga olingan. Bu haqda viloyat IIV huzuridagi tergov departamenti xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 2022 yil 4 yanvar kuni soat 14:00 larda Jizzax viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda Sharof Rashidov tumanida yashovchi, 60 yoshli M.B. shartli ravishda xaridor sifatida jalb qilingan fuqaroga bir dona gugurt qutisiga solingan yashil rangli, o‘ziga xos o‘tkir hidli o‘simlik moddasini 600 ming so‘mga sotayotgan vaqtda ushlangan.

Fuqaro M.B. shaxsiy tintuv qilinganda uning cho‘ntagidan qog‘ozga o‘ralgan, yashil rangli, o‘tkir hidli, quritilgan o‘simlik mavjudligi aniqlanib, o‘simliklar tekshirib ko‘rishlik uchun tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, M.B.dan olingan o‘simlik moddalari tarkibida faol giyohvand modda tetragidrokannabinol mavjud bo‘lib, ularning sof og‘irligi 2.43 grammga teng ekanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan M.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi (ozginadan ko‘proq miqdordagi giyohvandlik vositalarini sotish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid