Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘ona shahrida sudya avtomashinasi avtohalokatga uchradi
Farg‘ona shahrida Qo‘qon shahar sudi sudyasi boshqaruvidagi avtomashina yo‘l transport hodisasiga uchradi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 3 yanvar kuni soat 9:00 chamasida Farg‘ona shahar Al-Farg‘oniy va Temiryo‘lchilar ko‘chalari kesishgan chorrahada jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudi sudyasi M.U. ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.
M.U. boshqaruvidagi “Nexia-2” va yo‘l transport hodisasining yana bir ishtirokchisi X.A. boshqaruvidagi “Nexia-3” avtotransport vositalari shikastlangan. Ikki tarafdan ham og‘ir bo‘lmagan tan jarohati olganlar bor.
Ayni paytda holat yuzasidan vakolatli organ xodimlari surishtiruv ishlari olib bormoqda.
Avvalroq Oliy sud raisi Kozim Komilovga biriktirilgan "Malibu" xizmat avtomobili YTHga uchragani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
16:44
Andijonda Malibu piyodalar yo‘lidan o‘tayotgan uch kishini urib ketdi
13:57 / 25.06.2026
«Andijon polkasi» tadbiriga ketayotgan o‘quvchilar YTHga uchradi
18:50 / 24.06.2026
Avtomobil tezligini avtomatik cheklaydigan tizim sinovlardan o‘tolmadi
12:53 / 24.06.2026