O‘zbekiston | 09:44 / 12.01.2022
2289
1 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda sodir bo‘lgan YTHda mast piyoda vafot etdi

Jizzax viloyati Zarbdor tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida piyoda vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 2022 yil 6 yanvar kuni soat 18:50larda A376 Qo‘qon-Jizzax avtomobil yo‘lining Zarbdor tumani hududidan o‘tgan 274-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Zarbdor tumani Sutbuloq qishlog‘ida yashovchi 27 yoshli haydovchi Lacetti mashinasi bilan Jizzax-Dashtobod yo‘nalishida harakatlanib ketayotib yomg‘irli havoda piyodani urib yuborgan. Oqibatda Zomin tumani Taraqqiyot mahallasida yashovchi piyoda og‘ir tan jarohatlari olib vafot etgan.

Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, 63 yoshli piyoda mast holda yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan bo‘lgan.

Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan surishtiruv davom ettirilmoqda.

Mavzuga oid