Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonda qo‘rqitish yo‘li bilan pul talab qilgan shaxs qo‘lga olindi
Foto: Tergov departamenti
Voqea 5 yanvar kuni soat 19:00larda Amudaryo tumanida yuz bergan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, tumanning “Tosh qal’a” MFYda yashovchi 34 yoshli J.D. qarindoshiga tegishli bo‘lgan fermer xo‘jaligida ish boshqaruvchi bo‘lib ishlaydigan 60 yoshli X.X.ning ish faoliyatidan kamchilik topib, yuqori turuvchi tashkilotlarga shikoyat qilish bilan qo‘rqitib, boshqa bir fuqaro orqali tovlamachilik yo‘li bilan 3 mln so‘m pul talab qilgan. Shundan 2 mln so‘m pullarni olgan vaqtida Amudaryo tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushlangan.

Holat yuzasidan Amudaryo tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda va natijasiga ko‘ra har bir fuqaroning xatti-harakatlariga qonuniy baho berilishi ta’minlanadi, deyiladi rasmiy xabarda.

Bundan oldin 2021 yilda Qoraqalpog‘istonda 104 ta korrupsion holat kuzatilgani ma’lum qilingandi.
Mavzuga oid
15:23 / 11.11.2025
Farg‘ona shahar IIB, ijarachi va opa-singil ishi: qamoq muddati uzaytirildi
18:41 / 03.09.2025
Kasbi tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mutaxassisi “kasbini o‘zgartirdi”: u tovlamachilik qilayotganda ushlandi
14:47 / 09.07.2025
Farhod ko‘chasidagi avtomobil ehtiyot qismlari bozorida jinoiy guruh a’zolari ushlandi
10:10 / 04.04.2025