Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildi
O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari ikki tomonlama va mintaqa kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qildi.
Joriy yilning 13 yanvar kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabariga ko‘ra, suhbatda davlat rahbarlari O‘zbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining joriy holati va istiqbollarini muhokama qildi.
Oliy darajada o‘tgan uchrashuvda erishilgan kelishuvlar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.
“Turli darajalardagi delegatsiyalarning o‘zaro tashriflari faollashgan. 2021 yil yakunlariga ko‘ra tovar ayirboshlash hajmi 33 foizga oshgan. Hududlararo yo‘nalishda, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi munosabatlar faol rivojlanmoqda”, deyiladi xabarda.
Tomonlar O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligiga bag‘ishlangan turkum tadbirlar o‘tkazish muhim ekanini qayd etdi.
“Yaqinda Qozog‘istonda ro‘y bergan voqealar nuqtai nazaridan Markaziy Osiyodagi vaziyat yuzasidan ham fikr almashildi”, deyiladi ma’lumotda.
Ta’kidlanishicha, Qozog‘iston rahbariyati tomonidan ushbu mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni tiklash, vaziyatni barqarorlashtirish borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar qo‘llab-quvvatlandi.
Mavzuga oid
08:59
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
14:20 / 11.06.2026
Rossiyadan ketgan fuqarolarning mol-mulki xatlanishi mumkin
09:15 / 09.06.2026