«Migrantlardan soliq undirishga mutlaqo qarshiman» - Sherzod Qudbiyev
Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Qudbiyev migrantlarga soliq solish adolatdan emasligi haqida aytib o‘tdi.
«Mehnat vaziri bo‘lib ham ishlaganman. Shuning uchun migrantlarning qanchalik qiynalib pul topayotgani va iqtisodiyotimizga qancha foyda keltirayotganini juda yaxshi bilaman. Shu sabab ularga soliq solishga mutlaqo qarshiman.
Bundan tashqari, Soliq qonunchiligida ham ular, o‘zini o‘zi band qilgan fuqaro sifatida ro‘yxatdan o‘tishi mumkin va 1 BHMda pul to‘lab, 1 yillik ish stajiga ega bo‘lishi mumkin. Bu qaysidir ma’noda migrantlar uchun imtiyoz hisoblanadi. Kamroq pul to‘lab, pensiyaga chiqqanda ko‘proq pul olishi mumkin. Shu sabab ularni qo‘llab-quvvatlashimiz kerak, sababi iqtisodiyotimizga chetdan mablag‘ kiritishyapti», — dedi u.
Avvalroq, «Milliy tiklanish» partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov xorijda ishlayotgan o‘zbekistonlik migrantlar vataniga yuborgan mablag‘larni soliqqa tortish kerak, degan taklifni ilgari surgandi. Ammo bu taklif jamoatchilik tomonidan keskin tanqidlarga uchradi.
Mavzuga oid
21:50 / 26.04.2023
“Otamiz borligini his qilmay ulg‘ayyapmiz” - migrantlarning bolalari
22:09 / 26.02.2023
Italiya janubida migrantlar kemasi cho‘kib ketdi. Kamida 58 kishi halok bo‘lgan
23:23 / 30.12.2022
Qudbiyev iqtisodiyot va moliya vaziri lavozimini egalladi
18:25 / 28.12.2022