O‘zbekiston | 09:00 / 19.01.2022
10942
3 daqiqa o‘qiladi

Rossiyadan O‘zbekistonga bepul onlayn pul o‘tkazmalari!

Foto: Ipoteka-bank

Gazprombank va «Ipoteka-bank» ATIB birgalikda texnik integrator – «Atmos» kompaniyasi bilan hamkorlikda bepul onlayn pul o‘tkazmalari xizmatini yo‘lga qo‘ydi. Endilikda Rossiyaning istalgan banki kartasi egasi O‘zbekistondagi istalgan bankning Uzcard va Humo kartalariga pul o‘tkazmalarini komissiya to‘lovlarisiz o‘tkazishi mumkin. Shu bilan birga, ushbu xizmat, pul o‘tkazmalarini bir zumda konvertatsiya qilish orqali O‘zbekistondagi qabul qiluvchining mablag‘ni darhol o‘zbek so‘mida olish imkonini beradi.

O‘tkazmani qanday amalga oshirish mumkin?

Rossiyaning istalgan bank kartasidan Uzcard va Humo kartalariga pul o‘tkazmasini amalga oshirish uchun Gazprombank veb-saytiga kirish va faqat qabul qiluvchining karta raqamini kiritish lozim bo‘ladi. Xususan, jo‘natuvchi pul o‘tkazmasining so‘mdagi miqdorini o‘tkazma tasdiqlangunga qadar ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi va pul o‘tkazmasi amalga oshirilgandan so‘ng qabul qiluvchining kartasida mablag‘lar bir zumda aks etadi.

Qanday qilib qo‘shimcha foyda olish mumkin?

Endi O‘zbekistonga o‘tkazmalar nafaqat bepul, balki foydali ham bo‘ldi. Rossiyada Gazprombank #Rodneblizko kartasini rasmiylashtirib, jo‘natuvchi o‘z yaqinlariga pul o‘tkazmalarini o‘zbek so‘mida nafaqat komissiyasiz, balki imtiyozli konvertatsiya stavkasidan foydalanib jo‘natishi ham mumkin bo‘ladi.

Barcha qulayliklar hamda kartaning afzalliklari bo‘yicha ma’lumotlarni batafsil Gazprombank veb-saytida bilib olishingiz mumkin.

«Ipoteka-bank» ATIB va Gazprombank nafaqat bepul pul o‘tkazmalari bo‘yicha tezkor, foydali va qulay xizmatni taklif etadi, balki sizni yaqinlaringiz bilan yanada yaqinlashtirib, siz uchun haqiqatan ham qadrli bo‘lgan vaqtingizni tejaydi!

Rossiyadan O‘zbekistonga bepul onlayn pul o‘tkazmalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlarni quyidagi telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin: 1233 yoki +99878 150-11-22.

Reklama huquqi asosida

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid