O‘zbekistonliklarning ish haqi statistikasi e’lon qilindi
2021 yilda oylar kesimida o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi yil davomida o‘sib borib, dekabr oyida o‘zining eng yuqori natijasini qayd etdi - 3,7 million so‘m. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, yilning eng past ko‘rsatkichi mos ravishda yanvar oyida kuzatildi –2,6 million so‘m.
2021 yilda eng yuqori o‘rtacha oylik ish haqi bank, sug‘urta, lizing va kredit vositachilik faoliyatida qayd etildi - 8,2 million so‘m. Axborot va aloqa sohasida o‘rtacha oylik ish haqi 5,5 million so‘mga teng bo‘lgan bo‘lsa, tashish va saqlash sohasida - 4,3 million so‘m, ta’lim sohasida - 2,3 million so‘m. Eng past o‘rtacha ish haqi sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida qayd etildi - 2,1 million so‘m.
Bank, sug‘urta, lizing va kredit vositachilik faoliyatida eng yuqori o‘rtacha ish haqi Toshkent shahrida (10,9 million so‘m), eng pasti – Surxondaryo viloyatida (5,4 million so‘m) kuzatildi.
Ta’lim sohasida eng yuqori o‘rtacha oylik ish haqi Toshkent shahrida (3,4 million so‘m), eng pasti Qashqadaryo viloyatida (2 million so‘m) qayd etildi. Toshkent (2,3 million so‘m), Sirdaryo (2,3 million so‘m) viloyatlari va Toshkent shahrida (3,4 million so‘m) ish haqi respublika bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori bo‘ldi. Boshqa hududlarda o‘rtacha oylik ish haqi nisbatan past.
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida eng yuqori o‘rtacha oylik ish haqi Toshkent viloyatida (2,6 million so‘m), eng pasti – Qashqadaryo viloyatida (1,7 million so‘m). Respublika bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan past holat yetti viloyatda kuzatildi.
Mavzuga oid
11:06 / 29.09.2024
2024 yil 8 oyda O‘zbekiston tashqi savdosidagi yetakchi davlatlar ma’lum qilindi
23:05 / 27.09.2024
Kuvayt, Singapur va Norvegiya dunyodagi eng xavfsiz davlatlar qatoriga kirdi
09:24 / 27.09.2024
O‘tgan 8 oyda O‘zbekistonga kuniga 10 ming donadan oshiq telefon olib kirilgani ma’lum qilindi
10:08 / 02.09.2024