Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryodagi tog‘li qishloqda qariyb 1 metr qor yog‘di
Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida, tog‘li qishloqqa qariyb bir metr qor yog‘gan. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Xabar qilinishicha, Kitob tumanining tog‘li hududlarida kecha, 28 yanvar kuni yog‘ishni boshlagan qor qalinligi bugun qariyb bir metrga yetgan.
Jumladan, tog‘li hududda joylashgan Aspiduxtar qishlog‘ida qariyb bir metr qor yog‘gan.
Shu qishloqda yashovchi fuqarolar tuman hokimligi axborot xizmatiga fotosuratlar yuborgan. Suratlarda kechasi bilan yog‘ib chiqqan qor odamlarning beligacha ko‘mib turganini ko‘rish mumkin.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, Kitob tumani bilan chegaradosh bo‘lgan Urgut tumanidagi tog‘larga ham qalin qor tushgan.
Mavzuga oid
22:01 / 13.06.2026
Qashqadaryoda qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish holatlari fosh etildi
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
08:29 / 26.05.2026