Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2021 yilda xorijdan 27 mingta avtomobil olib kirilgan
O‘zbekiston 2021 yilda xorijdan nechta yengil avtomobil import qilgani ma’lum bo‘ldi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli xabar bilan chiqdi.
Foto: Kun.uz
Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilda O‘zbekiston 26 ta xorijiy davlatlardan qiymati 588,2 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan qariyb 27 067 ta yengil avtomobil import qilgan.
Qayd etilishicha, yengil avtomobillar importi 2020 yil bilan solishtirilganda 1 348 taga oshgan.
2021 yilda 809 ta elektromobil import qilingan.
Avvalroq, O‘zbekistonga avtomobillar asosan Xitoy va Koreyadan olib kelinayotgani xabar berilgandi.
2021 yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston yengil avtomobil import qilgan asosiy davlatlar orasida Xitoy (6 963 ta) va Koreya (5 630 ta) yetakchilik qilgan.
Mavzuga oid
14:41 / 21.01.2026
O‘zbekistonda 16 yoshgacha bolalari bor uy xo‘jaliklari ulushi oshdi
13:16 / 21.01.2026
O‘zbekiston guruch eksportida Qozog‘iston birinchi o‘rinda
14:22 / 20.01.2026
Statistika qo‘mitasi: pul o‘tkazish xizmatlari 8,7 foizga oshgan
12:10 / 20.01.2026