Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Arizalarni sudga taalluqli bo‘lmagani uchun rad etish taqiqlanadi - Prezident qarori
“Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlari huquqlarining samarali himoya etilishini ta’minlash hamda aholining sudlarga bo‘lgan ishonchini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Davlat organlari qarorlari ustidan berilgan shikoyatlarni ko‘rib chiqishda ma’muriy sudlarning rolini kuchaytirish maqsadida quyidagi tartiblar joriy etiladi:
- ma’muriy sudlarga dalillarni yig‘ish majburiyati yuklanadi, huquqi buzilganlarga esa dalillarni yig‘ishda faqat o‘z imkoniyatidan foydalanish sharoiti yaratiladi;
- davlat organlari qarorlari natijasida yetkazilgan zararni undirish talabini ham ma’muriy sudga bildirish huquqi beriladi;
- ma’muriy sudlarning hal qiluv qarorlari davlat organlari tomonidan ijro qilinmaganda, ularning mansabdor shaxslariga nisbatan sud jarimalari qo‘llanadi.
Endilikda arizalarni sudga taalluqli bo‘lmaganligi sababli rad etish yoki ish yuritishni tugatish taqiqlanadi. Arizalar sudga taalluqli bo‘lmaganda ularni ko‘rib chiqish vakolatli sudga o‘tkaziladi. Bir sud ishi doirasida ba’zilari ma’muriy sudga, boshqalari esa fuqarolik sudga taalluqli bo‘lganda ularni birlashtirish taqiqlanadi.
Mavzuga oid
19:51 / 30.06.2026
“Farhod” avtoehtiyot qismlar bozoridagi jinoiy guruh a’zolariga hukm o‘qildi
11:56 / 30.06.2026
Doniyor Turg‘unov ustidan sud boshlandi: avtomobilni olib qochish moddasi ayblovdan chiqarilgan
18:41 / 23.06.2026
O‘zbekistonda 464 ta yonilg‘i quyish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
18:40 / 23.06.2026