O‘zbekiston | 12:49 / 31.01.2022
4159
1 daqiqa o‘qiladi

Moskva – Farg‘ona yo‘nalishidagi samolyot tuman sabab Namanganga qo‘nishga majbur bo‘ldi 

«Uralskiye avialinii» aviakompaniyasining Moskva – Farg‘ona reysidagi samolyot tuman sabab Namanganga qo‘nishga majbur bo‘ldi.

Foto: RIA Novosti

Dushanba kuni ertalab Moskvadan Farg‘onaga parvoz qilgan «Uralskiye avialinii» reysidagi samolyot aeroportdagi tuman tufayli Namangan aeroportiga qo‘nishga majbur bo‘ldi, deb xabar berdi Uzbekistan airports vakili «RIA Novosti»ga. 

«Uralskiye avialinii» aviakompaniyasining SVR8317 Moskva-Farg‘ona reysi belgilangan aeroportdagi quyuq tuman tufayli soat 7:32 da Namanganga qo‘ndi», — dedi Uzbekistan airports vakili. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, reysning barcha 227 nafar yo‘lovchisi yerusti transportida Namangandan Farg‘onaga yetkaziladi, Moskvaga qaytish reysidagi yo‘lovchilar ham xuddi shunday tarzda Farg‘ona aeroportiga olib boriladi. Bu shaharlar orasidagi masofa taxminan 80 kilometrni tashkil qiladi. 

Mavzuga oid