Duşanba kuni ertalab Moskvadan Farğonaga parvoz qilgan «Uralskiye avialinii» reysidagi samolyot aeroportdagi tuman tufayli Namangan aeroportiga qönişga majbur böldi, deb xabar berdi Uzbekistan airports vakili «RIA Novosti»ga. 

«Uralskiye avialinii» aviakompaniyasining SVR8317 Moskva-Farğona reysi belgilangan aeroportdagi quyuq tuman tufayli soat 7:32 da Namanganga qöndi», — dedi Uzbekistan airports vakili. 

Uning sözlariga köra, reysning barça 227 nafar yölovçisi yerusti transportida Namangandan Farğonaga yetkaziladi, Moskvaga qaytiş reysidagi yölovçilar ham xuddi şunday tarzda Farğona aeroportiga olib boriladi. Bu şaharlar orasidagi masofa taxminan 80 kilometrni taşkil qiladi.