Sport | 19:45 / 31.01.2022
14049
1 daqiqa o‘qiladi

Sardor Rashidov «Paxtakor» bilan shartnoma imzoladi

Yarim yillik tanaffusdan so‘ng yana Superligaga qaytgan Sardor Rashidov «Paxtakor» klubi a’zosiga aylandi. 

Foto: Paxtakor FK

«O‘tgan mavsum jamoamiz sharafini himoya qilgan Sardor Rashidov joriy mavsumni ham «Paxtakor» safida o‘tkazadigan bo‘ldi. U 2022 yilgi mavsum oxirigacha mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekdi. Rashidov erkin agent sifatida «Paxtakor» safini to‘ldirdi. Umid qilamizki, u jamoamiz bilan ko‘plab g‘alabalarga erishib, «sherlar» uchun sovrinlar yutishga yordam beradi. «Paxtakor»ga qaytishing muborak, Sardor!», - deyiladi klub xabarida.

Sardor Rashidov o‘tgan mavsumda toshkentliklar safida 9 bellashuvda 2 gol muallifiga aylangan va yozda «Kuvayt» klubiga ko‘chib o‘tgandi.

Avvalroq, Rashidov «Navbahor» bilan muzokara olib borayotgani, Samvel Babayan murabbiyligidagi Namangan klubi futbolchiga yillik 300 ming AQSh dollari maosh taklif qilgani haqida xabar berilgandi.

Усмон Ибодов
Tayyorlagan Усмон Ибодов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid