Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahri eksportini 2,5 mlrd dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda
31 yanvar kuni prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida Toshkent shahrida amalga oshiriladigan loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Taqdimotda investitsiya va eksport masalalari ko‘rib chiqildi.
Xususan, bu yil poytaxtda 738 ta loyiha bo‘yicha jami 3 milliard 800 million dollar investitsiya o‘zlashtirilishi qayd etildi. Shundan 2 milliard dollari to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyadir. 500 ta loyiha joriy yilning o‘zida ishga tushirilib, 27 mingta yangi ish o‘rni tashkil etiladi.
Investitsiya loyihalarini mahallalar kesimida shakllantirish choralari, bu sohada 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan maqsadli ko‘rsatkichlar haqida ham axborot berildi.
Davlat rahbari Toshkent shahrining moliyaviy, iqtisodiy imkoniyatlari kengligini, hududiy loyihalarni ko‘paytirib, har bir tumanga qo‘shimcha 100 million dollar jalb qilish mumkinligini ta’kidladi.
Tashqi savdo borasida ham “o‘sish nuqtalari” belgilab olingan. Xususan, joriy yilda Toshkent shahri eksporti 1 milliard 400 million dollar bo‘lishi kutilayotgan bo‘lsa, 2026 yilga borib bu ko‘rsatkichni 2 milliard 500 million dollarga yetkazish mo‘ljallangan.
Yirik xalqaro brendlarni jalb qilish orqali ham ichki bozor talabini qondirish, ham eksportni oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Videoaloqa orqali tuman hokimlari va sektor rahbarlari bilan mahallabay ishlash masalalari yuzasidan muloqot bo‘ldi.
Mavzuga oid
12:40 / 26.12.2025
“Toshkent–Samarqand” yo‘nalishida yuqori tezlikdagi poyezdlar uchun yangi liniya quriladi
23:34 / 25.12.2025
Toshkent shahri uchun dizayn-kod ishlab chiqildi
16:25 / 25.12.2025
“O‘zavtoyo‘l” binosi 242 mlrd so‘mga sotildi
11:56 / 25.12.2025