Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yanvar oyi uchun «palov indeksi» e’lon qilindi
Eng qimmat osh Toshkent shahrida va eng arzon osh Namangan viloyatida kuzatildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, qo‘mita tomonidan 2022 yil yanvar oyi uchun hududlardagi osh markazlarida sotilayotgan palovning o‘rtacha narxlari o‘rganib chiqildi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, 1 porsiya oshning o‘rtacha narxi quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Qoraqalpog‘iston R. – 15 700 so‘m;
- Andijon viloyati – 18 400 so‘m;
- Buxoro viloyati – 21 300 so‘m;
- Jizzax viloyati –19 000 so‘m;
- Qashqadaryo viloyati – 20 300 so‘m;
- Navoiy viloyati – 15 300 so‘m;
- Namangan viloyati – 15 000 so‘m;
- Samarqand viloyati – 20 300 so‘m;
- Surxondaryo viloyati – 19 600 so‘m;
- Sirdaryo viloyati – 16 700 so‘m;
- Toshkent viloyati – 20 500 so‘m;
- Farg‘ona viloyati – 17 000 so‘m;
- Xorazm viloyati – 19 400 so‘m;
- Toshkent shahri – 24 800 so‘m.
Palov narxlarini belgilashda har bir porsiya va kilogramm uchun belgilangan o‘rtacha narxlar asos bo‘lgan.
Mavzuga oid
10:49 / 30.06.2026
Ro‘yxatga olish natijasida O‘zbekiston aholisi soni 39 milliondan oshiq ekani ma’lum bo‘ldi
09:05 / 29.06.2026
O‘zbekiston qaysi tovarlarni eng ko‘p import qilyapti?
10:10 / 27.06.2026
34 yilda 9 yoshga o‘sish: o‘zbekistonliklar uzoqroq umr ko‘rmoqda
10:10 / 24.06.2026