Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda 2 000 dollarga ishga joylashtirib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Olot tumanida fuqaroni 2 000 AQSh dollari evaziga ishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olingan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, fuqaro K.K. boshqa bir fuqaro F.ga uni tanishlari yordamida “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MChJga ishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilgan. U “xizmati” evaziga 2 000 AQSh dollarini olgan vaqtida departamentning Olot tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Oldinroq Buxoroda shifokor 1 000 dollar evaziga fuqaroni ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgandi.
Mavzuga oid
21:37 / 04.02.2026
Ikkinchi sinf o‘quvchisi mashina boshqarib, sinfdoshlarini sayr qildirdi
09:43 / 27.01.2026
Tuman sabab Moskva-Buxoro reyslari Samarqand va Navoiyga qo‘ndirildi
12:26 / 26.01.2026
Buxoro shahrida ham avtobuslarda naqd pul qabul qilish to‘xtatiladi
11:51 / 16.01.2026