O‘zbekiston | 13:01 / 11.01.2022
3267
1 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda 1 000 dollar evaziga fuqaroni ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shifokor ushlandi

Buxoroda firibgarlikka qo‘l urgan shifokor jinoyat ustida qo‘lga olingan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, RShTYoIM Buxoro filiali shifokori o‘zga bir fuqaroni aldab, uni vakolatli tanishlari orqali hamshiralik ishiga kiritib qo‘yish evaziga 1000 AQSh dollari talab qilgan. U muassasa hududida fuqarodan kelishilgan pulni olgan vaqtida Buxoro viloyati IIB hamda departamentning viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi va 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oldinroq Romitan tumanida nogironlik nafaqasini rasmiylashtirib berish evaziga tamagirlik qilgan shifokor qo‘lga olingandi.

Mavzuga oid