O‘zbekiston | 07:41 / 02.02.2022
10462
2 daqiqa o‘qiladi

Chegarachilarning vakolati kengaytiriladi

Joriy yil 1 fevral kuni Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Kun.uz

Majlisda “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun ko‘rib chiqildi.

Qayd etilganidek, amaldagi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 287-moddasi 2-bandiga muvofiq chegara qo‘shinlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmaslik, chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilarining davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tish, zarur hujjatlarni taqdim etish haqidagi qonuniy talablarini bajarmaslik, qonuniy talablarni bajarmaslikka har qanday ko‘rinishda omma oldida da’vat etish, shuningdek chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilarining o‘z qonuniy faoliyatini amalga oshirishiga qarshilik ko‘rsatish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda, chegara qo‘shinlariga huquqbuzarlarni ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish vakolati berilgan.

Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilish davomida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning  227-21 va  227-23-moddalarida nazarda tutilgan, ya’ni tovarlar va transport vositalarini O‘zbekiston bojxona chegarasi orqali bojxona organlari tomonidan belgilangan joylarni chetlab yoki bojxona rasmiylashtiruvining belgilangan vaqtidan tashqari paytda olib o‘tish bilan bog‘liq sodir etilgan huquqbuzarliklar bojxona postlaridan uzoq hududlarda sodir etilganligi aniqlanganda mazkur huquqbuzarlik holatlarini tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirish talab etiladigan vaziyatlar yuzaga kelmoqda.

Shu bois kodeksga tegishli o‘zgartirishlar kiritilib, chegara qo‘shinlariga ushbu moddalarda nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslarni, huquqbuzarlik transport vositalaridan foydalanib sodir etilganida esa mazkur transport vositalarini ushlab turish vakolati berilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid