Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda qarzdor ota farzandlariga 200 million so‘m aliment to‘ladi
Samarqand viloyati Past Darg‘om tumanida qarzdor ota farzandlariga 200 million so‘m aliment to‘lagan. Bu haqda MIB viloyat boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Past Darg‘om tuman sudining qaroriga asosan qarzdor Sh.X.dan undiruvchi G.M.ga uch nafar farzandining ta’minoti uchun daromadning uchdan bir qism miqdorida aliment undirish belgilangan. Sud qaroriga asosan MIB Past Darg‘om tuman bo‘limi tomonidan ijro ishi yuritilgan.
Mazkur ijro hujjatiga asosan qarzdorning mol-mulklarini aniqlash maqsadida “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 21, 87-moddalariga asosan tegishli tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborilgan. Olingan ma’lumotlarga asosan barcha mol-mulklariga taqiq qo‘yilgan.
Yillar davomida bir necha ogohlantirishlarga qaramasdan aliment pullarini to‘lamagan qarzdorga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Mazkur ijro hujjati ijrosini ta’minlash mobaynida olib borilgan keyingi tushuntirishlardan to‘g‘ri xulosa chiqargan qarzdor ota farzandlari voyaga yetgunigacha hisoblangan 200 million so‘m aliment pulini oldindan to‘lab bergan.
Mavzuga oid
18:42 / 05.06.2026
Navoiyda alimentdan qarzdor ota tandir ichidan topildi
20:26 / 10.05.2026
Rasmiy daromadga ega bo‘lmaganlar uchun aliment hisoblashda qo‘llaniladigan miqdorlar oshdi
08:12 / 04.05.2026
Aliment to‘lamaslik uchun xotini va qizini o‘ldirgan shaxs 19 yilga qamaldi
08:33 / 24.04.2026