Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yog‘ingarchilik sabab Toshkent ko‘chalarini suv bosdi (video)
Ijtimoiy tarmoqlarda yog‘ingarchilik sabab Qo‘yliq mavzesidagi olti oy oldin foydalanishga topshirilgan ko‘chalardan birini suv bosgani haqidagi tasvirlar tarqaldi.
Foto: Videodan kadr
Tasvirlarda Qo‘yliq mavzesidagi yerusti metro yo‘lining yon qismidagi yangi qurilgan yo‘lda “suzib” ketayotgan avtomobillarni ko‘rish mumkin.
Shuningdek, ta’mirlashi tugatilmagan yerosti yo‘lidan ham yomg‘ir sababli suv toshayotganini ko‘rish mumkin.
Bunday holat respublikada birinchi marta bo‘layotgani yo‘q.
Avvalroq Samarqand shahrining Bo‘stonsaroy va Ro‘dakiy ko‘chalari kesishmasiga 143 milliard so‘m evaziga qurib foydalanishga topshirilgan va hech qancha vaqt o‘tmasdan suv toshishi kuzatilgan edi.
Bundan tashqari kuchli yog‘ingarchilikdan so‘ng Namangan ko‘chalarini suv bosgan edi.
Mavzuga oid
22:02 / 06.05.2026
“Yana ozgina yomg‘ir yog‘sa, favqulodda holat vujudga kelardi” – shaharsoz
21:57 / 03.05.2026
Kuchli yomg‘irlar “Chorsu” metro bekati faoliyatiga ta’sir ko‘rsatmadi - FVV
22:50 / 04.04.2026
«Chorsu» metro bekatiga suv kirib ketdi
11:36 / 03.03.2026