O‘zbekiston | 14:45 / 08.02.2022
6985
1 daqiqa o‘qiladi

“Toshkenshahargaz” ta’minoti sobiq xodimi pora olayotganda ushlandi

U fuqaroga oilaviy tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishda tabiiy gaz tarmog‘iga ulanish uchun loyiha hujjatlarini tayyorlab berishi evaziga 16,5 mln so‘m talab qilgan.

Foto: Prokuratura departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning xabar berishicha, “Toshkenshahargaz” ta’minoti sobiq xodimi B.N. firibgarlik yo‘li bilan daromad orttirish maqsadida, tashkilotning xizmat guvohnomasiga soxta ma’lumot kiritib, fuqaro A.ga oilaviy tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishda tabiiy gaz tarmog‘iga ulanish uchun loyiha hujjatlarini tayyorlab berishi evaziga 16,5 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 28, 211-moddasi (pora berish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq, Toshkent shahrida gaz ta’minoti bo‘limi xizmat boshlig‘i pora olayotganda ushlangan edi.

Mavzuga oid