Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayrim davlat muassasalari auditorlik tekshiruvidan o‘tkaziladi
“Davlat muassasalarini isloh qilishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Davlat muassasalarini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorda hamda muassasa ustavi (nizomi)da uning tashkiliy-huquqiy shakli “davlat muassasasi” ekanligi ko‘rsatiladi.
Xo‘jalik jamiyatlari ustav fondi (ustav kapitali)dagi davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat unitar korxonalari, davlat muassasalari, Markaziy bank hamda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga tegishli aksiyalar va ulushlar davlat ulushlari hisoblanadi.
Davlat ishtirokidagi xo‘jalik jamiyatlariga tegishli bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarining ustav fondi (ustav kapitali)dagi ulushlar va aksiyalar davlat ulushi hisoblanmaydi.
Mahsulotlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olgan tushumi bazaviy hisoblash miqdorining 100 ming baravaridan ortiq bo‘lgan davlat muassasalari 2022 yil 1 martdan 2023 yil 1 avgustgacha eksperiment tariqasida tashqi, shu jumladan mol-mulkning mavjudligi, majburiyatlar bajarilishining amaldagi holati va oqibatlarini o‘rganish masalalari yuzasidan auditorlik tekshiruvidan o‘tkaziladi.
Prezident va hukumat qarorlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari davlat muassasalariga xo‘jalik jamiyatlarini ta’sis qilish hamda ularning ustav fondi (ustav kapitali)da ishtirok etish taqiqlanadi.
Mavzuga oid
09:30 / 09.06.2026
Buxorodagi tergov hibsxonasi xodimlariga nisbatan tekshiruv harakatlari boshlandi
08:40 / 10.01.2026
6 ta postda transport tekshiruvi sinov tariqasida chegara qo‘shinlariga berildi
15:30 / 25.12.2025
Markaziy bank moliya tashkilotlarida oldindan ogohlantirmasdan tekshiruv o‘tkazadi
07:51 / 15.07.2025