Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi O‘sh ko‘chasining bir qismi 11 fevraldan aprelgacha yopiladi
Toshkent shahri O‘sh ko‘chasining bir qismi avtomobillar harakati uchun yopiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Yashnobod tumanining O‘sh ko‘chasi bo‘ylab Qorasuv kanali ustidan o‘tuvchi avtomobil yo‘li ko‘prigi rekonstruksiya qilinadi. Shu sababli O‘sh ko‘chasi «Do‘stlik» madaniyat va istirohat bog‘i ko‘prigi bilan kesishmasidan Boysun ko‘chasi kesishmasigacha va undan O‘sh 1-tor ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan oraliq 2022 yilning 11 fevralidan mart oyi oxirigacha avtomobillar harakati uchun yopiladi.
Toshkent shahar hokimligi haydovchilardan aylanma yo‘llardan harakatlanishni tavsiya qilib, keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘ragan.
Mavzuga oid
18:47 / 06.04.2026
Ichki ishlar xodimini urgan haydovchi uzr so‘radi
19:40 / 03.04.2026
Ichki ishlar xodimini urgan haydovchi qamoqqa olindi
20:26 / 02.04.2026
Toshkentda mast haydovchi ichki ishlar xodimini urdi
21:16 / 21.03.2026