Jahon | 17:01 / 11.02.2022
5741
1 daqiqa o‘qiladi

«AvtoVAZ» Lada Granta modelini ishlab chiqarishni to‘xtatadi

2025 yilgacha bozorga Lada avtomobillarining beshta yangi modelini chiqarish rejalashtirilgan.

Foto: Lada

Lada Granta avtomobillarining hozirgi avlodi so‘nggisi bo‘ladi. Bu haqda «AvtoVAZ» matbuot xizmati Sergey Ilinskiy ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Lada Granta o‘rniga B-klassidagi avtomobillarning yangi oilasi keladi.

Yangi modelni turkum ishlab chiqarish 2023 yilda boshlanishi kutilmoqda.

«AvtoVAZ» 2025 yilgacha bozorga Lada avtomobillarining beshta yangi modelini chiqarmoqchi. Kompaniya prezidenti Nikolya Morning so‘zlariga ko‘ra, 2027-2028 yilga borib «AvtoVAZ» elektromobillarni turkum ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid