Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Marhamat tumanidagi uzrbozlik tadbiri suratlari
Kun.uz nashriga Marhamat tumani 72-IDUMda o‘qituvchilar ota-onalardan boshini egib uzr so‘ragan yig‘ilish suratlari taqdim etildi. Tuman hokimi esa yig‘ilishda o‘qituvchilar uzr so‘ramaganini ta’kidlagan edi. Yig‘ilish tasvirlari esa o‘chirtirib yuborilgan.
Keng muhokamalarga sabab bo‘layotgan mazkur yig‘ilish ortidan Marhamat tumani hokimi Bobur Yo‘ldoshev ushbu majlisda o‘qituvchilar uzr so‘ramaganini ta’kidlagan edi. Biroq tahririyatga kelib tushgan suratlarda o‘qituvchilarning boshlari egik holatda turgani, ota-onalardan vakillar so‘zga chiqqani, tuman hokimi o‘rinbosari Muxtorjon Qurbonovning ma’ruza qilayotgani aks etgan.
Qiziq jihati video tasvirga olingan yig‘ilishning tasvirlari o‘chirtirib yuborilgan.
“Tasvirchi Mirkomil aka bilan gaplashdik. Videoni hokimiyatdan kelib, diskka ko‘chirtirib, qolgan hammasini o‘chirtirib olib ketishgan. Negadir hokimiyat vakillari o‘qituvchilar uzr so‘rashmagan, direktor uzr so‘ragan xolos, degan vajni ko‘rsatishayotgani g‘alati. Unday bo‘lsa tasvirlar qani?” – deydi murojaat qilgan o‘qituvchilardan biri.
Qayd etish kerakki, Kun.uz muxbirining tasvirchi bilan aloqaga chiqishga bo‘lgan urinishlari ham samarasiz bo‘ldi.
E’tiboringizga tuman hokimi va uning o‘rinbosari rad etgan uzrbozlik majlisidagi suratlarni taqdim etamiz.








Mavzuga oid
18:03 / 13.06.2026
“Qutqaruvchilar kelganida hali ular tirik edi” - Marhamatdagi hodisa tafsilotlari
16:34 / 04.05.2026
Andijonda yuk mashinasi urib ketishi oqibatida piyoda vafot etdi
14:12 / 09.12.2025
Marhamat tumaniga yangi hokim tayinlandi
09:13 / 11.10.2025