Andijon viloyati Marhamat tumani hokimi örinbosari tezkor tadbirda uşlandi. Bu haqda xabar bergan Davlat xavfsizlik xizmati uning ismini oşkor qilmadi.
Ma’lum qilinişiça, hokimi örinbosari tuman hududidan ötgan katta yöl böyida 400 metr uzunlikdagi zovurni yopiq tizimga ötkazgan holda, buning hisobiga yuzaga keladigan 60 sotix yer maydonida 8 ta savdo dökoni quriş uçun yer ajratiş va tegişli hujjatlarni yuqori lavozimda işlovçi tanişlari orqali rasmiylaştirib beriş evaziga fuqarodan 15 ming dollar talab qilgan. U kelişilgan pulning 200 dollarini oldindan olgan.
DXX va Boş prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda hokim örinbosari qolgan 14 800 dollarni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “a,v” bandlari va 28,211-moddasi (pora beriş) 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, hokim örinbosariga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Oldinroq Sirdaryo viloyatida ham hokim örinbosari tezkor tadbirda qölga olingandi.











