Jahon | 11:02 / 14.02.2022
8323
2 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an mart oyi oxirida Toshkentga kelishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi

2022 yil 11 fevral kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Istanbuldagi "Vahdetdin" qarorgohida Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashi a’zolarini qabul qildi.

Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati

Senat xabariga ko‘ra, Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashining a’zosi Baxtiyor Sayfullayev dastlab Turkiya rahbarining salomatligi tiklanganidan xursandligini bildirib, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya rahbari Rajab Erdo‘g‘an o‘rtasidagi samimiy munosabatlar O‘zbekiston va Turkiya davlatlari o‘rtasidagi do‘stona aloqalar tiklanishiga poydevor bo‘lganini bildirdi.

Shuningdek, O‘zbekiston prezidentining siyosiy irodasi tufayli nafaqat Markaziy Osiyoda muhit yangilanib, yaxshi qo‘shnichilik aloqalari tiklangani, balki Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar bilan mustahkam birodarlik rishtalari bog‘langani, tashkilotning to‘laqonli faoliyati yo‘lga qo‘yilayotganiga urg‘u berildi. 

Qayd etilishicha, bu fikrni Erdo‘g‘an qo‘llab-quvvatlab, joriy yil mart oyi oxirlarida Toshkentga borishni rejalashtirayotgani, kuzda O‘zbekistonda bo‘lib o‘tishi kutilayotgan Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti tashkilot faoliyatini yangi bosqichga olib chiqishida muhim ahamiyat kasb etishiga ishonishini bildirdi.

Mavzuga oid