O‘zbekiston | 12:00 / 14.02.2022
9956
5 daqiqa o‘qiladi

Turkiyalik shifokorlardan bepul konsultatsiya – faqat bir kun

Dunyo bo‘yicha eng ilg‘or klinikalar qatoridan joy olgan Turkiyadagi Anadolu tibbiyot markazi shifokorlari O‘zbekistonda bepul konsultatsiya o‘tkazishadi. Joriy yilning 18 fevral kuni taniqli turkiyalik onkolog Sinan Karaaslan va jarroh Vafi Atalay Anadolu tibbiyot markazining Toshkentdagi vakolatxonasida bemorlarni qabul qiladi.

Foto:  Anadolu tibbiyot markazi

Konsultatsiya jarayonida onkologik xastaliklarga chalingan bemorlar xorijlik shifokorlardan kerakli muolajalar haqida maslahatlar olishlari, xalqaro davolash usullari va texnologiyalar bilan tanishishlari hamda zarurat tug‘ilganda Turkiyada davolanishlari mumkin bo‘ladi.

Istanbulda joylashgan ko‘p tarmoqli va zamonaviy texnologiyalarga asoslangan Anadolu tibbiyot markazida eng tajribali shifokorlar o‘zining yuqori sifatli tibbiy xizmatlarini taqdim etadi.

Mazkur klinikada bemorlar onkologiya, radiatsiya terapiyasi, suyak iligi transplantatsiyasi, neyroxirurgiya, robot jarrohligi, kardiologiya, yurak xirurgiyasi, urologiya, ginekologiya va boshqa kasalliklarga shifo topishlari mumkin.

Foto:  Anadolu tibbiyot markazi

AQShning dunyoga mashhur Jon Hopkins kasalxonasi bilan hamkorlikda faoliyat yurituvchi markaz dunyodagi yetakchi tibbiyot muassasalari bilan tenglasha oladi. 2019 yilda AQShdagi xalqaro tibbiyot turizmi agentligi tomonidan o‘tkazilgan reytingda 2-o‘rinni egalladi va yillar davomida o‘z mavqeyini saqlab kelmoqda.

Anadolu klinikasi Yevropadagi onkologik xastaliklarni davolash bo‘yicha 5 ta kuchli klinikalardan biri hisoblanadi. Anadolu tibbiyot markazi Yevropa onkologlar assotsiatsiyasi ESMO akkreditatsiyasiga ega. Shuningdek, tibbiyot markazi OECI – Yevropa saraton instituti tashkiloti va JCI - Joint Commission International kabi yana ko‘plab akkreditatsiyalar hamda sertifikatlarni qo‘lga kiritgan.

Anadolu klinikasining Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Bolgariya, Ruminiyada vakolatxonalari mavjud bo‘lib, 2021 yilda rasman O‘zbekistonda ham ochilgan.

“Vakolatxonamiz o‘zbekistonlik bemorlarga yanada yaqindan yordam ko‘rsatish maqsadida ochilgan, - deydi “Anadolu” agentligining Toshkentdagi rasmiy vakili Akbar Mavlonxo‘jayev. – Vakolatxonamizda klinika va undagi davolanish haqida ma’lumot berib, barcha bemorlarga tajribali professor-o‘qituvchilarimizdan bepul maslahat olishda yordam beramiz.

Foto:  Anadolu tibbiyot markazi

Buning uchun barcha kerakli tibbiy ma’lumotlar va rasmlar bilan bizning ofisimizga murojaat qilish kifoya. Biz ularni ko‘rikdan o‘tkazib, Istanbuldagi shifokorlarga ko‘rib chiqish uchun yuboramiz. Agar lozim topilsa, bemorlar davolanishga borishlari uchun transferni tashkil qilamiz. Ya’ni, transport, mehmonxona, barcha maslahatlar va protseduralar jarayonini tashkillashtiramiz. Bemorlar o‘z yurtiga qaytgach ham shifokorlar nazoratida bo‘lishlarida beminnat yordam beramiz”.

Akbar Mavlonxo‘jayev klinikaning O‘zbekistondagi vakolatxonasi ochilganiga atigi bir yil bo‘lganiga qaramay, allaqachon ko‘plab bemorlarga yordam berilganini ta’kidlaydi. Anadolu tibbiyot markaziga murojaat qilganlarning barchasi muolajalar va xizmatlardan mamnun ekanliklarini qayd etishgan. Ularning aksariyat qismi sog‘ayib ketishdi va ayrim bemorlar hali davolanish jarayonini davom ettirishmoqda.

Foto:  Anadolu tibbiyot markazi

Joriy yilning fevral oyida klinika vakillari o‘zbekistonlik bemorlarga xorijga chiqmasdan, tajribali mutaxassislardan maslahat olishlari uchun Toshkentda bepul konsultatsiyalar tashkil etishni rejalashtirgan edi.

Shifokorlardan biri doktor Sinan Karaaslan tajribali onkolog bo‘lib, u o‘z tajribasida saraton xastaligini davolashda eng so‘nggi va samarali maxsus tibbiy muolajalarni qo‘llashi bilan ajralib turadi.

Professor Vafi Atalay Anadolu tibbiyot markazining yetakchi jarrohlaridan biri – to‘g‘ri ichak saratonini davolashning o‘ziga xos samarali usulini yo‘lga qo‘yib, kolostomaga ehtiyoj qoldirmadi. Ikki yil muqaddam Fransiyada o‘tkazilgan koloktoprologiya kongressida o‘z davolash dasturini taqdim etdi va bu xorijlik shifokorlar tomonidan katta qiziqishlarga sabab bo‘ldi. Bu sinov-tajriba 100 nafar bemorlarda o‘tkazildi va yuqori natija bilan o‘zini oqladi. Bu bemorlar saratondan xalos bo‘lishdi.

Anadolu tibbiyot markazining Toshkentdagi filialida bo‘lib o‘tadigan konsultatsiyalar uchun joylar soni cheklangan. Konsultatsiyada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish lozim.

Foto:  Anadolu tibbiyot markazi

Klinika vakolatxonasi manzili: Yakkasaroy tumani, Mirobod ko‘chasi 10/402, 1-ofis.

Mo‘ljal: Korzinka do‘koni, GramdMir mehmonxonasi.

Telefon: +998 90 11 44 666

El.pochta: anadolu.tashkent@anadolusaglik.org

Sayt: www.anadolumedicalcenter.ru

Facebook: www.facebook.com/anadolumedical.official

Instagram: www.instagram.com/anadolumedicalcenter_ru

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid