O‘zbekiston | 11:31 / 15.02.2022
30941
2 daqiqa o‘qiladi

«Prava»ni yangisiga almashtirish uchun qayta imtihon topshirish kerak emas - DXA

Eski haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish uchun qayta imtihon topshirish shart emas. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi xabar bermoqda.

Foto: Kun.uz / Ma'rufjon Asqarov

Qayd etilishicha, so‘nggi paytlarda Davlat xizmatlari markazlarida uzun navbatlar kuzatilmoqda. 

“Buning sababi o‘rganilganda, tashrif buyuruvchilar orasida haydovchilik guvohnomasini hujjatning yangi namunadagisiga almashtirish muddati joriy yilning 1 martiga qadar ekanligi hamda shundan keyin haydovchilik guvohnomalarini almashtirishda qayta imtihon topshirish kerak bo‘ladi, degan noto‘g‘ri ma’lumot tarqalganligi bilan bog‘liq ekanligi aniqlandi”, deyiladi xabarda.

Bildirilishicha, bu ma’lumot mutlaqo o‘rinsiz. Aholiga qulay bo‘lishi uchun eski haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagisiga almashtirish 2022 yil 31 dekabrga qadar davom etadi. Qayta imtihon varaqasi talab etilmaydi.

Eski haydovchilik guvohnomalari quyidagi muddatlarda yangisiga majburiy almashtiriladi:

  • 2010 yilgacha berilgani – 2022 yil 31 martgacha;
  • 2010 – 2012 yillarda berilgani – 2022 yil 30 iyungacha;
  • 2013 – 2015 yillarda berilgani – 2022 yil 30 sentyabrgacha;
  • 2015 yildan keyin berilgani – 2022 yil 31 dekabrgacha.

Avvalroq, haydovchilikka o‘qitish va guvohnoma berish bo‘yicha yangi tizim yaratilishi xabar qilingandi

Bunda, Ichki ishlar vazirligi avtomaktablar va imtihon markazlariga talablarni qayta ko‘rib chiqadi, ularga litsenziyalarni o‘zi beradi, Ichki ishlar akademiyasi avtomaktablarning metodologiyasi, o‘quv dasturi, o‘qituvchilarning malakasi va o‘qitish sifatini oshirishga javob beradi.

Mavzuga oid