Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moliyaviy nazoratga oid qoidabuzarlik haqida xabar berganlarga mukofot to‘lanadi
O‘zbekistonda moliyaviy nazoratga oid qoidabuzarliklar haqida xabar berganlarga mukofot to‘lanadi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
“O‘zbekiston davlat budjeti xarajatlarining samaradorligini yanada oshirish va davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
2023 yil 1 yanvargacha “Elektron nazoratchi-taftishchi” dasturiy majmuasi to‘liq ishga tushiriladi.
2022 yil 1 apreldan moliyaviy nazoratga oid qoidabuzarliklar haqida xabar bergan shaxslarga mukofot to‘lanadi.
Moliya vazirligi tizimida Qurilish obektlarida nazorat o‘lchovini amalga oshirish boshqarmasi (40 ta shtat birligidan iborat) tashkil etiladi.
2022 yil 1 noyabrgacha xodimlar moliyaviy nazorat va ichki audit sohasidagi xalqaro tajribalar asosida maxsus o‘quv kurslarida o‘qitiladi.
Mavzuga oid
08:45 / 12.06.2026
Toshkentda xavfli harakatlangan Cobalt o‘q uzib to‘xtatildi
13:05 / 01.06.2026
Prezident madaniyat va san’at sohasi vakillarini taqdirladi
10:59 / 26.05.2026
Kitobxon yoshlar uchun 50 ming dollarlik mukofot joriy etildi
12:22 / 16.05.2026