Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirish ehtimoli juda yuqori” – Bayden
Pentagon rahbari Lloyd Ostin Rossiya Ukraina yaqinidagi qo‘shinlari sonini oshirishda davom etayotganini bildirgan.
Foto: Reuters
AQSh prezidenti Jo Bayden Rossiyaning Ukrainaga hujum qilish ehtimolini "juda yuqori" deb aytdi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar berdi.
Agentlikning yozishicha, Rossiya yaqin kunlarda Ukrainaga bostirib kirishi mumkin.
Bayden hozircha Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qilish rejasi yo‘qligini ham ma’lum qildi.
Avvalroq Pentagon rahbari Lloyd Ostin Rossiya Ukraina yaqinidagi qo‘shinlari sonini oshirishda davom etayotganini aytgandi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, "ayrim qo‘shinlar chegaraga yanada yaqinlashgan".
Rossiya rahbariyati harbiylarning bir qismi mashg‘ulotlarni yakunlab, doimiy joylashuv manzillariga qaytayotganini ma’lum qilgan, biroq AQSh va NATO rossiyalik harbiylarning Ukraina chegaralaridan olib ketilganining nishonalari ko‘rinmaganini bildirgan.
Mavzuga oid
09:13
Rossiyadan naqd rubl olib chiqishga yangi cheklovlar joriy etildi
09:05
Zelenskiy AQShning Ukrainaga bosimi kuchayganini aytdi
09:30 / 25.03.2026
Rossiya Jinoyat kodeksiga “sovet xalqi genotsidi” bo‘yicha yangi moddalar kiritilmoqda
21:03 / 24.03.2026