Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy Putin bilan «istalgan shaklda» uchrashishga tayyorligini aytdi
Zelenskiyning ta’kidlashicha, u «to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarga ikki yarim yildan buyon tayyor».
Foto: EPA
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan «istalgan shaklda» uchrashishga tayyor. U bu haqda jurnalistlar bilan suhbat davomida aytdi.
Zelenskiy «to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarga ikki yarim yildan buyon tayyor»ligini ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, har safar «Rossiya deeskalatsiya to‘g‘risida gaplashishga tayyorligini bildirganida», Kiyev Moskvaga uchrashuv o‘tkazish bo‘yicha so‘rov yuboradi.
«Ammo aslida ular biz bilan gaplashishga tayyor emas», dedi Ukraina prezidenti.
Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Vladimir Zelenskiy Turkiya hududida Vladimir Putin bilan uchrashishga rozi bo‘lganini aytgandi.
Mavzuga oid
14:17
«Ish oxiriga yetay deb qoldi». Putin Zelenskiy bilan uchrashuvga qarshi emas
11:33
Zelenskiyning «ruxsati» va KXDR harbiylari. Moskvadagi harbiy parad qanday o‘tdi?
07:18 / 09.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Moskvada Vladimir Putin bilan uchrashdi
16:56 / 01.05.2026