Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
DXR Ukrainaning Donbassga “hujum rejasi”ni e’lon qildi
Ta’kidlanishicha, Ukraina qurolli kuchlari Kramatorsk-Debalsevo, Azovbo‘yi va Lugansk yo‘nalishida hujum qiladi.
Foto: TASS
O‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Donetsk xalq respublikasi militsiyasi Ukraina qurolli kuchlarining Donbassga “hujum rejasi”ni e’lon qildi.
Ma’lumot berilishicha, Ukraina armiyasining 26-, 43- va 55-artilleriya brigadalari ommaviy artilleriya zarbalari berishni rejalashtirgan. Ular samolyotlar, vertolyotlar va dronlar yordamida DXR hududidagi harbiy va fuqarolik obektlariga zarba beradi.
Rejaga ko‘ra, Ukraina qurolli kuchlari Kramatorsk-Debalsevo, Azovbo‘yi va Lugansk yo‘nalishida hujum qiladi.
DXRdagilarning ta’kidlashicha, hujumlar tanklar, desant-hujumchi va artilleriya brigadalari ishtirokida amalga oshiriladi.
Militsiyaning ma’lumot berishicha, Azovbo‘yi yo‘nalishida dengiz va artilleriya kuchlaridan, Lugansk yo‘nalishida esa motopiyoda va mexanizatsiyalashgan brigadalardan foydalaniladi.
Ukraina sharqidagi vaziyat 17 fevral kuni keskinlashdi. DXR va LXR rahbariyatlari Ukrainani o‘t ochishda aybladi.
19 fevral kuni DXR va LXRda umumiy harbiy safarbarlik e’lon qilindi.
Juma kuni esa har ikki respublika aholisini Rossiyaga evakuatsiya qilish boshlandi.
Mavzuga oid
14:17
«Ish oxiriga yetay deb qoldi». Putin Zelenskiy bilan uchrashuvga qarshi emas
07:55 / 09.05.2026
Ukraina Moskvadagi parad paytida Qizil maydonga zarba bermaydi
07:43 / 09.05.2026
Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasida uch kunlik sulhni e’lon qildi
20:44 / 08.05.2026